Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru' qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo`lar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt. Al-An'am 6:63 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Quruqlik va dengiz zulmatlarida halokatga uchrasangiz, sizga kim najot berur? Kim joningizni saqlab qolur? Parvardigoro, bizni mana shu halokatdan qutqarsang, nematlaringga shukr qilib, Sendan boshqasiga bandalik qilmaymiz, deya ichingizda-yu tashingizda tavba-tazarru bilan yalinib-yolvorib yolgʻiz Uning Oʻziga iltijo qilib qolasizlar-ku!"