U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Bo`l» degan kuni bo`ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g`aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. An'om 6:73 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerni haq bilan yaratgan zot Alloh subhonahudir. U bir narsaga, boʻl desa, tamom, u boʻlur. Qiyomat kunida, turinglar desa, hamma bandalar turib keladi. Uning aytgani haqdirki, albatta roʻy beradi. Qiyomat kuni Isrofil ikkinchi surni chalganda podshohlik yolgʻiz Unikidir. Yashirin narsalarni ham, oshkora narsalarni ham Biluvchidir. Yaratishida ham, tadbirida ham hikmat bilan ish qiluvchidir. Xabardor Zotdirki, hech narsa Undan yashirin qolmas. U Zot uchun yashirin ishlar ham oshkora ishlardek ayondir.