Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan bo`lishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini ko`rsaturmiz. Al-An'am 6:75 ⧉
Tafsir:
Ibrohimga otasi va qavmining zalolatda ekanini koʻrsatib berganimizdek, osmonlaru yerning bepoyon mulkini ham koʻrsatdik. Toki, uni Allohning yagonaligiga, mabudlikka yolgʻiz Ugina haqli ekaniga dalil, hujjat qilsin. Toki, oʻzi Allohning yolgʻiz, sheriksiz va har ishga qodir ekaniga aniq ishonuvchilar safiga qoʻshilsin.