Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir. Mumtahana 60:7 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, ehtimol Alloh sizlar bilan dushmanlaringiz boʻlmish kofirlar oʻrtasiga ularni Islomga hidoyat qilish orqali bir muhabbatni solib qoʻyar. Shu bilan ular sizlarning diniy birodarlaringizga aylanib qolar. Alloh qalblarni iymon sari burib qoʻyishga Qodir. Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli, ularga Mehribon Zotdir.