U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qo`ydi. Bas, qavmning u yerda halok bo`lib, ag`darilib yotganini ko`rasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga o`xsharlar. Al-Haqqah 69:7 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo yetti kechayu sakkiz kunduz davom ettirgan bu boʻron ularni butunlay qirib tashladi. Siz ularning yerda halok boʻlib yotgan holatlariga nazar tashlasangiz, xuddi yerga qulab, chirib ketgan xurmo daraxtlarining ildizlariga oʻxshab yotganlarini koʻrasiz.