Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?! Al-A'raf 7:10 ⧉
Tafsir:
Ey Odam bolalari, sizlarga zaminni qarorgoh qilib, yashash uchun hamma qulayliklarni muhayyo qilib qoʻygandik. Buning uchun Allohga shukr qilishingiz kerak edi. Lekin sizlarning shukringiz juda kam boʻldi, yetarlicha boʻlmadi.