So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol. Al-A'raf 7:103 ⧉
Tafsir:
Mazkur paygʻambarlardan keyin Muso alayhissalomni paygʻambar qilib yubordik. U oʻzining haqiqiy paygʻambar ekaniga ochiq hujjatlar keltirdi. Qavmi esa uni inkor qilish va unga kufr keltirishdan nariga oʻtmadi. Bas, ey Paygʻambar, Firavn va uning ayonlari ne ahvolga tushganlari haqida fikr yuriting. Alloh ularni choʻktirib oʻldirdi. Ortidan esa ularni dunyo va oxirat lanatiga uchratdi.