U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to`sdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni o`tdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi. Al-A'raf 7:12 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo Iblisni koyib: "Odamga sajda qil, degan buyrugʻimga nega boʻsunmading, bu ishdan seni nima qaytardi?", deb soʻradi. Iblis Parvardigoriga shunday javob berdi: "Bu ishdan meni undan afzalligim qaytardi. Meni oʻtdan yaratding, uni esa loydan. Oʻt loydan ulugʻroq".