Sizlarni yomon azoblarga qo`yayotgan, o`g`illaringizni o`ldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir. Al-A'raf 7:141 ⧉
Tafsir:
Ey Bani Isroil, eslanglar! Biz sizlarga najot berib, Firavn va qavmining xorlashlaridan qutqargandik. Ular oʻgʻillaringizni oʻldirib, qizlaringizni esa choʻriga aylantirish uchun tirik qoldirib, sizlarni xorlagandilar. Sizlarni bu falokatlardan xalos etishimizda Parvardigoringiz tarafidan yuborilgan bir buyuk sinov borki, u sizlardan shukr qilishni taqozo etadi.