Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 145 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 145 • Oʻzbekcha


وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الْأَلْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ 145
Tarjima:
Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik. A'rof 7:145
Tafsir:
Muso uchun taxta va boshqa narsalarga Bani Isroilga kerak boʻladigan diniy va dunyoviy ishlarga aloqador nasihatni bitdik. Tafsiloti zarur boʻlgan oʻrinlariga tafsilotini ham yozdik. Bas, ey Muso, bu Tavrotni jiddiylik va gʻayrat bilan qoʻlga ol-da, qavming Bani Isroilni har ishni eng goʻzal tarzda ado etish, sabrli va kechirimli boʻlish kabi savobi ulugʻ ishlarga buyur. Farmonimdan bosh tortib, itoatsizlik qilganlarning alal-oqibatda halokatga uchrab, xonavayron boʻlganlarini yaqinda sizlarga koʻrsataman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 144 Keyingi A'rof • Oyat 146