Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 150 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 150 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰ إِلَىٰ قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِي مِنْ بَعْدِي ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى الْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ابْنَ أُمَّ إِنَّ الْقَوْمَ اسْتَضْعَفُونِي وَكَادُوا يَقْتُلُونَنِي فَلَا تُشْمِتْ بِيَ الْأَعْدَاءَ وَلَا تَجْعَلْنِي مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 150
Tarjima:
Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi. A'rof 7:150
Tafsir:
Muso Parvardigori bilan gaplashib qaytgach, qavmining buzoqqa ibodat qilayotganini koʻrib, qattiq xafa boʻldi va gʻazabga minib dedi: "Ey qavmim, men ketganimdan keyin naqadar xunuk ish qilibsizlar. Endi bu ish sizlarni baxtiqarolik va halokat chohiga uloqtiradi. Meni kutib turish sizlarga malol keldimi? Buzoqqa ibodat qilishdek bir manfur ishga qanday jurat etdinglar?" U gʻazabga toʻlib-toshganidan oʻzini tutolmay, lavhlarni otib yubordi. Akasi Horunni qavmni bu gunohdan qaytarmaganlikda ayblab, boshi va soqolidan ushlab oʻziga tortdi. Horun uzrini aytib, shafqat soʻrab dedi: "Ey jigarim, ular meni mensimadilar, oʻsal topdilar, hatto oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi. Endi sen ham dushmanlarimni xursand qilib, meni jazoga tortma. Gʻazabingni bosa olmasdan meni ham oʻsha mushrik, zolimlar safiga qoʻshib yuborma!"
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 149 Keyingi A'rof • Oyat 151