Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan.
Al-A'raf 7:155 ⧉