Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz o`zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag`firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko`rganlardan bo`lamiz», – dedilar. Al-A'raf 7:23 ⧉
Tafsir:
Odam va Havo dedi: "Parvardigoro, sen man qilgan daraxtdan tanovul qilib, oʻzimizga oʻzimiz jabr qildik. Endi Oʻzing gunohlarimizni kechirib, Oʻz rahmating ila rahm etmasang, dunyoyu oxiratimizdan ayrilib, ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolamiz".