Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo`q va siz xafa ham bo`lmaysiz, deyildi-ku!» – derlar. A'rof 7:49 ⧉
Tafsir:
Alloh kofirlarni koyib, ularga moʻminlarni koʻrsatib, shunday deydi: "Ularga Allohning rahmati yetmaydi, degan odamlaringiz mana shularmi?!" Keyin moʻminlarga qarata: "Ey moʻminlar, jannatga kiringlar, endi kelgusida sizlarga hech qanday xavf-xatar yoʻqdir, bu yerdagi nematlarni koʻrib, dunyo hayotida erisholmay qolgan nasibalaringizga xafa ham boʻlmaysizlar", deydi.