Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qo`rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir. A'rof 7:56 ⧉
Tafsir:
Alloh paygʻambarlar yuborish bilan yer yuzini isloh qilganidan keyin yolgʻiz Allohgagina iatoat qilish bilan obod boʻladigan zaminni gunohlar bilan buzmanglar. Allohga duo qilayotganingizda U Zotning azobidan qoʻrquvni va savobidan umidvorlikni his etib turinglar. Allohning rahmati muhsinlarga (ishni puxta qiluvchilarga) yaqindir. Shunday ekan, oʻshalardek boʻlinglar.