Mutakabbir bo`lganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar. A'rof 7:76 ⧉
Tafsir:
Shunda anavi mutakabbirlar dedilar: "Ey moʻminlar, biz sizlar tasdiqlagan narsani inkor etamiz, unga hech qachon iymon keltirmaymiz, uning shariatiga hech qachon amal qilmaymiz".