Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir. Maorij 70:32 ⧉
Tafsir:
Ular oʻzlariga omonat qilingan moliyaviy ashyolar, sirlar va boshqa narsalarni saqlaydilar. Shuningdek, odamlar bilan qilgan ahd-paymonlarida turadilar. Omonatga xiyonat qilmaydilar va ahdlarini buzmaydilar.