Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog`u rog`lar hamda anhorlarni beradir. Nuh 71:12 ⧉
Tafsir:
Shuningdek, sizlarga moʻl-koʻl mol-dunyo va farzandlar ato etadi. Mevalaridan yeyishingiz uchun bogʻu boʻstonlar, suvlaridan ichishingiz hamda ekiningiz va chorvalaringizni sugʻorishingiz uchun daryolarni paydo qiladi.