Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar. Nuh 71:21 ⧉
Tafsir:
Nuh dedi: "Ey Allohim, qavmimni Seni yagona iloh deb bilishlari va yolgʻiz Sengagina ibodat qilishlariga davat qilsam, menga osiylik qildilar. Tuban, pastkash kimsalar boshliqlariga ergashib ketdilar. Holbuki, ular Alloh taolo koʻp farzand va mol-dunyo ato etgan boʻlsa-da, zalolatga botgan kimsalar edi".