Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suva'ni ham, Yag`usni ham, Ya'uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar. Nuh 71:23 ⧉
Tafsir:
U boshliqlar oʻzlariga ergashgan tuban kimsalarga: ”Xudolaringizga ibodat qilishdan toʻxtamanglar! Sanamlaringizdan birontasini ham: na Vadni, na Suvoni, na Yagʻusni, na Yauqni va na Nasrni tark qila koʻrmanglar”, - dedilar.