Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo`ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik. Muzzammil 73:16 ⧉
Tafsir:
Firavn Parvardigor yuborgan paygʻambarga osiylik qilgach, uni dunyo hayotida gʻarq boʻlish, oxiratda esa doʻzax azobi bilan jazoladik. Sizlar ham paygʻambaringizga itoatsizlik qilmanglar. Aks holda, Firavnning boshiga tushgan balo sizlarning ham boshingizga tushadi.