Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sug`orur. Inson 76:21 ⧉
Tafsir:
Ularning egnilarida nafis harir va qalin shoyi ipaklardan bebaho yashil liboslar bor hamda ularga kumush bilakuzuklar taqib qoʻyiladi. Alloh taolo ularni har qanday noxushliklardan xoli boʻlgan sharob bilan siylaydi.