«Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz. Inson 76:9 ⧉
Tafsir:
Ular muhtojlarni yolgʻiz Alloh uchun taomlantirishlarini va bergan taomlari evaziga ulardan biron yaxshilik yo minnatdorchilik kutmasliklarini dillaridan oʻtkazadilar.