Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam. Noziot 79:5 ⧉
Tafsir:
Allohning taqdir ishlariga doir buyruqlarini bajaradigan farishtalar nomiga qasam ichdi. Bandalarning ishlariga masul farishtalar ana shular jumlasidandir. Alloh shular nomiga qasam ichib, bandalarini hisobga tutish hamda qilgan amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini berish uchun ularni qayta tiriltirishini aytdi.