Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 19 • Oʻzbekcha


إِنْ تَسْتَفْتِحُوا فَقَدْ جَاءَكُمُ الْفَتْحُ ۖ وَإِنْ تَنْتَهُوا فَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۖ وَإِنْ تَعُودُوا نَعُدْ وَلَنْ تُغْنِيَ عَنْكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْئًا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ اللَّهَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ 19
Tarjima:
Agar orani ochishni so`ragan bo`lsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar to`xtasangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha ko`p bo`lsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir. Al-Anfal 8:19
Tafsir:
Ey mushriklar, Alloh tajovuzkor zolimlarga Oʻz azobini yuborishini istagan boʻlsangizlar, mana Alloh oʻsha azobini ustingizga yubordi. Bu ish sizlarga jazo, taqvodorlarga esa ibrat boʻldi. Endi bu ishdan tiyilsangiz, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Alloh sizlarga muhlat berib, intiqomini tezlashtirmasligi ham mumkin. Shuncha ishlardan keyin ham yana moʻminlarga qarshi jang qilmoqchi boʻlsangizlar, odam sonining koʻpligi ham, harbiy tayyorgarligingizning kattaligi ham sizlarning biron bir hojatingizni ravo qila olmaydi. Albatta, Alloh moʻminlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Alloh kim bilan birga boʻlsa, hech kim undan gʻolib boʻla olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 18 Keyingi Al-Anfal • Oyat 20