Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan to`smoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan o`zga hech kim emas. Lekin ko`plari bilmaslar. Al-Anfal 8:34 ⧉
Tafsir:
Ularni azoblashdan nima ham man qilardi?! Axir ularning oʻzlari azobga loyiq ishlarni qilib, odamlarning Masjidul-Haromni tavof qilishlariga toʻsqinlik qilayaptilar-ku. Mushriklar Allohning doʻstlari emas. Allohning doʻstlari Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan qoʻrqadigan taqvodorlardir. Lekin mushriklarning aksariyati buni bilmaydilar.