Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishiga o`xshab, Robbilarining oyatlarini yolg`onga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Fir'avnni g`arq qildik. Hammalari zolim edilar. Anfol 8:54 ⧉
Tafsir:
Bu kofirlarning ishi oldingi oʻtgan Firavn qavmi va boshqa haqni tan olmagan ummatlar ishiga oʻxshaydi. Ular ham Parvardigorning oyatlarini yolgʻonga chiqargandilar va shu tufayli halokatga yoʻliqqandilar. Alloh Firavn qavmini dengizga gʻarq qilgandi. Firavn qavmi ham, boshqa ummatlar ham kufr, shirk kabi jinoyatlari bilan oʻzlariga oʻzlari jabr qilib, oʻzlariga oʻzlari Allohning azobini chaqirib olgandilar va oʻsha azob ularning boshiga tushgandi.