Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U g`olib va hikmatli Zotdir. Al-Anfal 8:63 ⧉
Tafsir:
Moʻminlarning qalblari shu qadar tarqoq, shu qadar xilma-xil ediki, yer yuzidagi hamma boyliklarni sarflaganingizda ham ularni birlashtira olmagan boʻlar edingiz. Yolgʻiz Allohning oʻzi ularning qalblarini birlashtirdi va ularning qoʻllari bilan sizni gʻalabaga erishtirdi. Alloh Oʻz mulkida Gʻolib. Shuning uchun hech kimsa Undan ustun boʻla olmas. Alloh har bir qadarini, tadbirini va shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.