Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 75 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 75 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ آمَنُوا مِنْ بَعْدُ وَهَاجَرُوا وَجَاهَدُوا مَعَكُمْ فَأُولَٰئِكَ مِنْكُمْ ۚ وَأُولُو الْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍ فِي كِتَابِ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 75
Tarjima:
Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir. Al-Anfal 8:75
Tafsir:
Ey moʻminlar, Islomga dastlab kirgan muhojir va ansorlardan keyin iymon keltirib, kufr yeridan Islom diyoriga hijrat qilib, Alloh kalimasini oliy qilish, kufrni esa mahv etish yoʻlida jihod qilganlar, ana oʻshalar sizlardandir. Ularning huquqlari sizlarniki bilan barobar. Majburiyatlari ham aynan sizlarniki kabidir. Allohning hukmida meros masalasida iymondoshlardan koʻra qondoshlar haqliroqdirlar. Iymon va hijrat asosida yaqin boʻlganlar dastlab bir-birlaridan meros olardilar. Alloh har bir narsani koʻrib-bilib turadi. Hech narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Bandalariga nima kerakligini Oʻzi yaxshi biladi va shunga qarab shariat tuzadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 74 Keyingi At-Tawbah • Oyat 1