Va o`sha kunda jahannamni keltirsa, o`sha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda. Al-Fajr 89:23 ⧉
Tafsir:
Oʻsha kuni jahannam olib kelinadi. Uning yetmish ming tizgini boʻlib, har bir tizginini yetmish mingta farishta tortib keladi. Ana shu kuni inson Alloh taoloning huquqlariga naqadar beparvo boʻlganini eslaydi. Lekin bu eslashidan nima foyda? Axir u kun amal qilish kuni emas, hisob-kitob kuni-ku.