Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 34 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 34 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ كَثِيرًا مِنَ الْأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ۗ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلَا يُنْفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ 34
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning ko`plari odamlarning mollarini botil yo`l bilan yerlar va Allohning yo`lidan to`sarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo`lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver. At-Tawbah 9:34
Tafsir:
Ey iymon keltirgan va shariatga ergashgan moʻminlar, yahudiy olimlari va nasroniylar rohiblaridan koʻplari odamlarning mollarini pora kabi nohaq, noqonuniy yoʻl bilan oʻzlashtirib oladilar. Ular odamlarni Allohning diniga kirishdan toʻsadilar. Oltin-kumushlarni toʻplab, zakotini bermaydilar. Ey Paygʻambar, ularga Qiyomat kunida boʻladigan yomon oqibat, ogʻriqli azob haqida xabar berib qoʻying.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 33 Keyingi At-Tawbah • Oyat 35