Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 4 • Oʻzbekcha


إِلَّا الَّذِينَ عَاهَدْتُمْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنْقُصُوكُمْ شَيْئًا وَلَمْ يُظَاهِرُوا عَلَيْكُمْ أَحَدًا فَأَتِمُّوا إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَىٰ مُدَّتِهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ 4
Tarjima:
Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir. Tavba 9:4
Tafsir:
Sizlar bilan ahdlashib, ahdiga vafo qilgan, uni buzmagan mushriklar bundan mustasno. Ularning ahdlarini oʻz muddatigacha yetkazinglar. Albatta, Alloh taqvodorlarni yaxshi koʻradi. Taqvodorlarki, Allohning hamma buyruqlariga, jumladan, ahdga vafo qilish haqidagi farmoniga boʻysunadilar hamda U Zotning hamma taqiqlaridan, jumladan, xiyonatdan tiyiladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 3 Keyingi Tavba • Oyat 5