Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 52 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 52 • Oʻzbekcha


قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَا إِلَّا إِحْدَى الْحُسْنَيَيْنِ ۖ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَنْ يُصِيبَكُمُ اللَّهُ بِعَذَابٍ مِنْ عِنْدِهِ أَوْ بِأَيْدِينَا ۖ فَتَرَبَّصُوا إِنَّا مَعَكُمْ مُتَرَبِّصُونَ 52
Tarjima:
Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni O`z huzurida bo`ladigan yoki bizning qo`limizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt. At-Tawbah 9:52
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Sizlar biz uchun ikki yaxshilikning biri sodir boʻlishini kutmoqdasizlar. Yo gʻalaba va yo shahidlik. Biz esa sizlarga Alloh Oʻz tarafidan yoki bizning qoʻlimiz bilan oʻlim va asirlik kabi bir azob, halokat yuborishini kutmoqdamiz. Sizlar bizning oqibatimizni kutaveringlar. Biz ham sizlarning oqibatingizni kutaveramiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 51 Keyingi At-Tawbah • Oyat 53