O`zingizdan avvalgilarga o`xshaysiz. Ular sizlardan ko`ra quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari ko`proq edilar. Bas, o`z nasibalari ila maza qildilar. O`zingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham o`z nasibangiz ila maza qildingiz. Ular sho`ng`igandek siz ham sho`ng`idingiz. Ana o`shalarning amallari dunyoyu oxiratda habata bo`ldi. Ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir.
At-Tawbah 9:69 ⧉