Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 74 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 74 • Oʻzbekcha


يَحْلِفُونَ بِاللَّهِ مَا قَالُوا وَلَقَدْ قَالُوا كَلِمَةَ الْكُفْرِ وَكَفَرُوا بَعْدَ إِسْلَامِهِمْ وَهَمُّوا بِمَا لَمْ يَنَالُوا ۚ وَمَا نَقَمُوا إِلَّا أَنْ أَغْنَاهُمُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ مِنْ فَضْلِهِ ۚ فَإِنْ يَتُوبُوا يَكُ خَيْرًا لَهُمْ ۖ وَإِنْ يَتَوَلَّوْا يُعَذِّبْهُمُ اللَّهُ عَذَابًا أَلِيمًا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۚ وَمَا لَهُمْ فِي الْأَرْضِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ 74
Tarjima:
Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni O`z fazlidan boy qilib qo`yganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, o`zlariga yaxshi bo`ladir. Gar yuz o`girib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga do`st ham, yordamchi ham yo`q. At-Tawbah 9:74
Tafsir:
Munofiqlar sizni haqorat qilib, ayblab aytgan gaplarini aytmadik, deya yolgʻon qasam ichadilar. Holbuki, kofirga aylantiradigan soʻzni aniq aytib, oldin musulmonligini izhor qilgan boʻlsalar, keyin kofirligini ham oshkor qilgandilar hamda oʻzlari yetolmagan narsaga, yani, Paygʻambar alayhissalomni oʻldirishga qasd qilgandilar. Bu bilan ular inkor qilib boʻlmas faktni inkor qilmoqdalar. Yani, ularni Alloh Oʻz fazlu karami ila Paygʻambariga ato etgan oʻljalar bilan boy qilgandi. Ular esa xuddi shu sababli Alloh va Paygʻambarini yomon koʻrdilar. Endi munofiqliklaridan tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlur. Yuz oʻgirsalar, Alloh ularni shu dunyoda ham, oxiratda ham juda qattiq azoblaydi. Bu dunyoda oʻldiriladilar, asir olinadilar, oxiratda esa doʻzax chohiga qulaydilar. Ularni azobdan qutqaradigan, himoya qiladigan biron doʻst va yordamchi topilmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 73 Keyingi At-Tawbah • Oyat 75