Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Bayyinah — Oyat 8 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Bayyinah • Oyat 8 dan 8 • Oʻzbekcha


جَزَاؤُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِيَ رَبَّهُ 8
Tarjima:
Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Undan rozi bo`ldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir. Al-Bayyinah 98:8
Tafsir:
Ularning Alloh subhanahu va taolo huzuridagi savoblari daraxtlari va qasrlari ostidan anhorlar oqib turuvchi jannatlardir. Unda abadiy qoladilar. Ular Allohga itoat qilib, iymon keltirgach, Alloh taolo ulardan rozi boʻldi va ular ham Allohning rahmatiga erishganlari tufayli Undan rozi boʻldilar. Bu rahmatga faqatgina Allohdan qoʻrqqan, Uning buyruqlarini ado etgan va taqiqlaridan tiyilgan kishilargina erishadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Bayyinah • Oyat 7 Keyingi Az-Zalzalah • Oyat 1