Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo`lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo`lishdan umidi yo`qlarni tug`yonlarida tashlab qo`yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar. (11)
Tafsir
Alloh odamlarning yaxshilik soʻrab qilgan duolarini tez ijobat qilganidek, bir-birlariga, bolalariga va mol-dunyolariga qarshi qilgan duoyibadlarini ham tez ijobat qilganida hammasi halok boʻlardilar. Lekin Alloh buni kechiktiradi, ularga muhlat beradi. Jazodan qoʻrqmasligi va savobdan umidvor boʻlmasligi tufayli Alloh bilan boʻladigan uchrashuvni kutmaydigan va unga tayyorgarlik koʻrmaydiganlarni hisob kunida ikkilanish, hayratlanish va taraddud chohiga uloqtirurmiz.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: