Sura Yunus (يونس) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 12

وَإِذَا مَسَّ الْإِنْسَانَ الضُّرُّ دَعَانَا لِجَنْبِهِ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَائِمًا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُ مَرَّ كَأَنْ لَمْ يَدْعُنَا إِلَىٰ ضُرٍّ مَسَّهُ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 12 ١٢

Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, o`tirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi o`ziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib ko`rsatildi. (12)

Tafsir
Haddini bilmagan insonga kasallik, mashaqqat kabi biron musibat yetsa, yotib ham, oʻtirib ham, turib ham Bizga yalinib, iltijo-duo qilur. Duosini ijobat qilib, undan musibatini aritgan paytimizda esa xuddi oʻziga yetgan musibat tufayli Bizga iltijo qilmagandek oʻtib ketur. Mana shu kimsaga zalolatida davom etaverishi bezab koʻrsatilganidek, haddan oshuvchi kimsalarga oʻz qilmishlari chiroyli qilib koʻrsatildi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin