Sura Yunus (يونس) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 13

وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُوا ۙ وَجَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ وَمَا كَانُوا لِيُؤْمِنُوا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْقَوْمَ الْمُجْرِمِينَ 13 ١٣

Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chog`larida va Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan bo`lganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz. (13)

Tafsir
Ey mushriklar, sizlardan oldin oʻtgan qavmlarni ham halok qildik. Chunki ular Allohning paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, gunohlar qildilar. Paygʻambarlari oʻzlarining haq ekaniga dalolat qiladigan ochiq-ravshan hujjatlarni keltirgan paytda ham iymon keltira olmadilar. Negaki, ular hali iymon uchun tayyor emasdilar. Shu bilan Alloh ularga yordam berishni va tavfiqni ravo koʻrmadi. Hamma zamon va makonlarda bu kabi zolimlarni mana shu tarzda jazolaymiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin