Sura Yunus (يونس) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 19

وَمَا كَانَ النَّاسُ إِلَّا أُمَّةً وَاحِدَةً فَاخْتَلَفُوا ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ 19 ١٩

Odamlar faqat bir ummat bo`lgan edilar. So`ngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan so`z bo`lmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan bo`lar edi. (19)

Tafsir
Odamlar birgina dinda (tavhid dinida) boʻlib, hammalari moʻmin edilar. Keyin boʻlinib ketdilar. Kimdir moʻminligida qoldi, kimdir kofir boʻldi. Allohning bu dunyodagi ixtiloflar borasida Qiyomat kuni hukm chiqarish haqidagi hukmi boʻlmaganida edi, shu dunyoning oʻzidagina hukm chiqarib, adashgan bilan hidoyat topgan ajralib qolgan boʻlar edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin