Sura Yunus (يونس) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 24

إِنَّمَا مَثَلُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاءٍ أَنْزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاءِ فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ النَّاسُ وَالْأَنْعَامُ حَتَّىٰ إِذَا أَخَذَتِ الْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَازَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَا أَنَّهُمْ قَادِرُونَ عَلَيْهَا أَتَاهَا أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَاهَا حَصِيدًا كَأَنْ لَمْ تَغْنَ بِالْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 24 ٢٤

Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb o`ylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qo`yamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz. (24)

Tafsir
Darhaqiqat, sizlar foydalanayotgan bu dunyo hayoti foniylikda xuddi Biz osmondan yogʻdirgan suvga oʻxshaydi. Odamlar va hayvonlar yeydigan oʻsimliklar, donlar, mevalar unga aralashib, yerga chiroy baxsh etganda, ular bilan zamin bezanganida va uning ahli oʻzlarini hosilni yigʻishtirib olishga qodirmiz, deb oʻylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni vayronaga aylantirib qoʻyurmiz, goʻyo kechagina obod boʻlmagandek, unda hech qanday daraxtlar ham, oʻsimliklar ham oʻsmagandek boʻlib qolur. Sizlarga dunyo hayotining naqadar tez oʻtib ketishini bayon qilganimizdek, tafakkur qiladigan qavm uchun oyatlarni tafsilotlari bilan bayon qilurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin