Sura Yunus (يونس) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 30

هُنَالِكَ تَبْلُو كُلُّ نَفْسٍ مَا أَسْلَفَتْ ۚ وَرُدُّوا إِلَى اللَّهِ مَوْلَاهُمُ الْحَقِّ ۖ وَضَلَّ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَفْتَرُونَ 30 ٣٠

O`sha yerda har bir jon o`zi qilib o`tgan ishdan so`ralur — xabardor bo`lur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda o`zlaricha to`qib chiqargan narsalari ulardan g`oyib bo`ladir. (30)

Tafsir
Ana shu ulugʻ kunda har bir jon bu dunyoda qilib oʻtgan ishlaridan xabar topib, mushriklar haqiqiy xojalari boʻlmish Allohga qaytariladilar. Keyin Alloh ulardan hisob oladi. Anavi oʻzlaricha toʻqib olgan va shafoatchi, deb bilgan but-sanamlari esa gʻoyib boʻlib qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin