Sura Yunus (يونس) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 38

أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا بِسُورَةٍ مِثْلِهِ وَادْعُوا مَنِ اسْتَطَعْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 38 ٣٨

Yoki o`zi to`qib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, unga o`xshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt. (38)

Tafsir
Anavi mushriklarning aytishicha, Quronni Muhammad alayhissalomning oʻzi toʻqib, keyin uni Allohning kalomi deyayotgan emish. Ey Paygʻambar, ularga raddiya bildirib ayting: "Agar Quronni men aytayotgan boʻlsam, men ham sizlar kabi bir ojiz insonman, marhamat, sizlar ham unga oʻxshash birgina surani aytinglar-chi! Bu ishni qilish uchun hamma tarafdorlaringizni yordamga chaqirsangiz ham hargiz qila olmaysiz. Til va sher ustalari, mohirlari boʻla turib, shu ishning uddasidan chiqa olmasligingiz Quron Allohning kalomi ekaniga yaqqol dalildir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin