Sura Yunus (يونس) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 3

إِنَّ رَبَّكُمُ اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ الْأَمْرَ ۖ مَا مِنْ شَفِيعٍ إِلَّا مِنْ بَعْدِ إِذْنِهِ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ 3 ٣

Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ng, (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bo`lmas. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?! (3)

Tafsir
Ey ajablanayotganlar, Alloh shu qadar bepoyon samovotni, shu qadar keng yerni olti kunda yaratib, keyin Arshga koʻtarilgan. Qanday qilib, shu qadar buyuk Zotning sizlarga orangizdagi bir kishini paygʻambar qilib yuborishidan ajablanasizlar? Oʻzining bepoyon mulkida yolgʻiz Uning Oʻzigina hukm qiladi. Uning huzurida Uning iznisiz, roziligisiz hech kim hech kimni shafoat qila olmaydi. Mana shunday sifatlarga ega boʻlgan Alloh Parvardigoringizdir. Shunday ekan, xolis Ungagina bandalik qilingiz. Uning yagonaligiga dalolat qiladigan mana shu hujjatlardan, dalillardan ibrat olmaysizlarmi? Kimda zarracha ibrat ola bilish qobiliyati boʻlsa, U Zotga iymon keltiradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin