Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 3 • Oʻzbekcha


إِنَّ رَبَّكُمُ اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ الْأَمْرَ ۖ مَا مِنْ شَفِيعٍ إِلَّا مِنْ بَعْدِ إِذْنِهِ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ 3
Tarjima:
Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ng, (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bo`lmas. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?! Yunus 10:3
Tafsir:
Ey ajablanayotganlar, Alloh shu qadar bepoyon samovotni, shu qadar keng yerni olti kunda yaratib, keyin Arshga koʻtarilgan. Qanday qilib, shu qadar buyuk Zotning sizlarga orangizdagi bir kishini paygʻambar qilib yuborishidan ajablanasizlar? Oʻzining bepoyon mulkida yolgʻiz Uning Oʻzigina hukm qiladi. Uning huzurida Uning iznisiz, roziligisiz hech kim hech kimni shafoat qila olmaydi. Mana shunday sifatlarga ega boʻlgan Alloh Parvardigoringizdir. Shunday ekan, xolis Ungagina bandalik qilingiz. Uning yagonaligiga dalolat qiladigan mana shu hujjatlardan, dalillardan ibrat olmaysizlarmi? Kimda zarracha ibrat ola bilish qobiliyati boʻlsa, U Zotga iymon keltiradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 2 Keyingi Yunus • Oyat 4