Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 4 • Oʻzbekcha


إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا ۖ وَعْدَ اللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ لِيَجْزِيَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ بِالْقِسْطِ ۚ وَالَّذِينَ كَفَرُوا لَهُمْ شَرَابٌ مِنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْفُرُونَ 4
Tarjima:
Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning va'dasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) O`zi yaratadir. So`ngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir bo`lganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. Yunus 10:4
Tafsir:
Qiyomat kuni hammangizning qaytishingiz Ungadir. Oʻshanda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berur. Bu Allohning haq vadasidir. Alloh vadasiga xilof qilmas va U bu ishga Qodirdir. Dastlab ilk bor yaratgan ham, keyin qayta tiriltirgan ham Uning Oʻzidir. Keyin esa Allohga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan kishilarni adolat bilan, biron yaxshiligini kamaytirmasdan va biron yomonligini koʻpaytirmasdan mukofotlar. Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirganlarga kofir boʻlganlari uchun ichakni kuydirib yuboradigan oʻta qattiq qaynoq suvdan iborat ichimlik va alamli azob bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 3 Keyingi Yunus • Oyat 5