U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o`lchovli qilgan Zotdir. Alloh o`shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir. Yunus 10:5 ⧉
Tafsir:
U shunday zotki, quyoshni hamma joyni yoritadigan ziyo, oyni esa nur taratadigan nur qildi. Ey odamlar, quyosh orqali kunlar sonini, oy orqali esa oylar va yillar sonini bilib olishingiz uchun uni 28 manzilga boʻlib qoʻydi. Bir manzildan ikkinchisiga bir kecha-kunduzda yetib boradi. Alloh osmonlaru yerdagi va ular orasidagi barcha narsalarni faqat haq bilan yaratib, Oʻzining qudrati va buyukligini odamlarga namoyish qildi. Alloh Oʻzining yagonaligiga dalolat qiluvchi bu yorqin dalil va hujjatlarni dalil va hujjat nimaligini biladigan qavm uchun batafsil bayon qiladi.