Sura Yunus (يونس) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 49

قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي ضَرًّا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ 49 ٤٩

Sen: «Men o`zim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu bo`ladi). Har ummatning o`z ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt. (49)

Tafsir
Ayting: "Men oʻzimga biron foyda keltira olmayman, oʻzimdan biron zararni daf ham qila olmayman. Shunday boʻlgach, qanday qilib, boshqalarga foyda yo zarar keltira olay? Faqat va faqat Allohning xohlagani boʻladi. U Zotning gʻayb olamini men qayoqdan ham bilardim. Alloh halokat vada qilgan har bir ummatning belgilangan muddati bor. Uni Allohdan oʻzga hech kimsa bilmaydi. Muddati kelganda, bir soatga boʻlsin, uni ortga ham, oldga ham sura olmaydilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin