Sura Yunus (يونس) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 60

وَمَا ظَنُّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ 60 ٦٠

Allohga nisbatan yolg`on to`qiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin ko`plari shukr qilmaslar. (60)

Tafsir
Allohga yolgʻon toʻqiyotganlar Qiyomat kuni haqida qanday gumonda ekanlar? Alloh kechirib yuboradi, deb oʻylarmikinlar? Hayhot! Alloh odamlarga fazlu marhamatli Zotdirki, ularga yetarlicha fursat beradi, azobini shoshiltirmaydi. Lekin ularning koʻplari bu nematning qadriga yetmaydilar, shukr qilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin