Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 46

وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَأُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ 46 ٤٦

Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar. (46)

Tafsir
Ey moʻminlar, yahudiylar va nasroniylar bilan eng goʻzal tarzda, boshqalarga oʻrnak boʻladigan uslubda chiroyli nasihatlar va yorqin dalillar keltirib munozara qilinglar. Ulardan sarkashlik qilib, oʻzini katta olganlari, sizlarga qarshi urush elon qilganlari va shu bilan zolimga aylanganlari bundan mustasno. Undaylari bilan to musulmon boʻlgunlaricha yoki oʻzini past olgan holida jizya bermagunlaricha jang qilinglar. Yahudiy va nasroniylarga shunday denglar: "Oʻzimizga nozil qilingan Quronga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injilga ham iymon keltirdik. Bizning ilohimiz ham, sizlarning ilohingiz ham ilohlikda ham, parvardigorlikda ham, barkamollikda ham tengsiz boʻlgan bir ilohdir va biz yolgʻiz Ungagina boʻysunguvchilarmiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin